17:00 / 25.07.2020
9548

Toshkent viloyati hokimligining 4 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlangani tasdiqlandi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati 4 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlanganini tasdiqladi. Qayd etilishicha, ularda kasallik simptomsiz kechayotgani uchun uy sharoitida davolanishmoqda.

«COVID-19 infeksiyasini yuqtirishdan hech kim istisno emas. Toshkent viloyati hokimligida ishlovchi jami 4 nafar xodimda koronavirus infeksiyasi aniqlangan. Ularda kasallik simptomsiz kechayotgani uchun uy sharoitida davolanishmoqda.

Toshkent viloyati hokimligi ikki haftadan beri masofadan ishlash tizimiga o‘tgan. Hokimlik binosiga kiruvchi xodimlardan kunlik test olinmoqda. Infeksiya aniqlangan xodimlar uy sharoitida, masofadan ishlayotgani bois, hokimlik binosi karantinga olinmaydi», deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 20 iyulda Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov viloyatdagi epidemiologik vaziyat yuzasidan murojaat bilan chiqib, koronavirus yuqtirib olganlarning 60 foizi 5ta tuman – Qibray, Toshkent, Zangiota, Yangiyo‘l va Parkent tumanlariga to‘g‘ri kelishini aytgan edi.

Avvalroq u 10 iyuldan Nurafshon shahriga barcha hududlardan kirish va chiqish to‘xtatilishini ma'lum qilib, viloyat ahlini karantin qoidalariga qat'iy amal qilishga chaqirgandi.

Top