00:38 / 26.07.2020
51241
Davolanayotganlar soni 9 mingdan oshdi, sog‘ayish ko‘rsatkichi bo‘yicha rekord yangilandi

Qayd etilgan jami holatlar 20 mingga yaqinlashmoqda.

25 iyul kuni O‘zbekistonda 592 kishiga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yildi. Bu – bir kun avvalgidan yuztaga ko‘p, kunlik antirekorddan (13 iyul) ikkitaga kam ko‘rsatkichdir.

Jami kasallanish holatlari soni 19 952taga yetdi.

Bugun ham kun davomida qayd etilgan barcha holatlar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangani aytildi.

25 iyul, yangi holatlar (+592):

Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida:

  • Toshkent shahrida – 459ta;
  • Namangan viloyatida – 37ta;
  • Sirdaryo viloyatida – 36ta;
  • Samarqand viloyatida – 32ta;
  • Toshkent viloyatida – 13ta;
  • Qoraqalpog‘istonda – 8ta;
  • Navoiy viloyatida – 7ta.

Tuzalganlar (+359):

Sog‘ayganlar soni bo‘yicha rekord yangilandi: kun davomida 359 kishi COVID-19`dan forig‘ bo‘lgani tasdiqlandi. Bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich 22 iyulda kuzatilgan, o‘sha kuni 351 kishi tuzalgani ma'lum bo‘lgandi.

  • Toshkent viloyati – 146;
  • Toshkent shahri – 124;
  • Sirdaryo viloyati – 40;
  • Jizzax viloyati –21;
  • Samarqand viloyati – 16;
  • Buxoro viloyati – 12.

Shuningdek, Nukus va Toshkent shaharlarida ikkitadan, Jizzax viloyatida bitta o‘lim holati qayd etilib, rasmiy statistikada jami qurbonlar 111 nafarga yetdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda kamida 9 010 kishi koronavirusdan davolanyapti. Ulardan 133 nafari og‘ir, 63 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Uy karantinida 67 176 nafar, statsionar karantinda esa 26 098 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top