19:52 / 27.07.2020
10021
Dunyoda koronavirus pandemiyasi tezlashmoqda – JSST rahbari
Foto: AP

Dunyoda koronavirus pandemiyasi tezlashdi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bosh direktori Tedros Adanom Gebreyyesus.

«Sog‘liqni saqlash sohasida oltinchi marta global favqulodda vaziyat e'lon qilindi, ammo bu eng og‘iri bo‘lmoqda. Hozirda JSST qariyb 16 millionta kasallanish va 640 mingdan ortiq o‘lim holatlarini qayd etdi. Pandemiya tezlashishi davom etmoqda», - dedi Gebreyyesus.

Uning ma'lumot berishicha, oxirgi 6 hafta ichida kasallanish holatlari deyarli ikki baravarga oshgan.

«30 yanvarda sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyat e'lon qilganimda Xitoydan tashqarida 100dan kam holat bo‘lib, hech kim vafot etmagandi», - dedi JSST bosh direktori.

Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 16,3 milliondan oshgan, 649 mingdan ortiq kishi kasallik qurboni bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top