11:03 / 27.07.2020
48792

O‘zbekiston aholisi 6 oyda qanchaga ko‘paygani ma'lum bo‘ldi

Jami aholidan 17 mln 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 mln 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.

O‘zbekiston aholisi 2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, 34 mln 191,7 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 286,5 ming kishiga o‘sgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, aholining 17 mln 195,9 ming kishisi erkaklar va 16 mln 995,8 ming kishisi ayollarni tashkil etgan.

Jami aholidan 17 mln 301,0 ming kishi shahar joylarda va 16 mln 890,7 ming kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.

6 oy mobaynida 75,5 mingta nikoh qayd etilgan bo‘lsa, 12,8 mingta ajrim holati kuzatilgan.

Mavzuga oid
Top