12:40 / 27.07.2020
40564
Toshkent shahar bojxona boshqarma boshlig‘i ishdan bo‘shatildi

Botir Ahmadjonovich Dadamatov Davlat bojxona qo‘mitasining Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi. Bu to‘g‘risida davlat rahbarining tegishli farmoyishi imzolangan.

Foto: Norma.uz

Botir Dadamatovning ishdan olinishi va buning sabablari haqida Davlat bojxona qo‘mitasi rasmiy xabar bermagan.

Davlat bojxona qo‘mitasi raisi Murodjon Azimov joriy yil 12 fevral kuni Toshkent shahar bojxona boshqarmasida navbatdan tashqari yig‘ilish o‘tkazgandi. O‘sha yig‘ilishda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, 2 nafar o‘rinbosarlari, boshqarmaning 4 nafar bo‘lim boshliqlari, 2 nafar bojxona posti boshliqlari, «Ark-buloq» bojxona posti boshlig‘i o‘rinbosari egallab turgan lavozimidan ozod qilingandi.

Shuningdek, prezident Shavkat Mirziyoyev shu yil 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bojxona postlaridan birining rahbari hibsga olingani va uning uyidan 400 ming dollar topilgani haqida gapirgan edi.

Top