08:33 / 27.07.2020
5403
Toshkent viloyatida avtomashinani egasining ko‘z o‘ngida olib qochib ketgan shaxs ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Tergov departamenti

2020 yilning 14 iyul kuni soat 20:30da muqaddam transport vositasini olib qochish jinoyatini sodir etgan xavfli retsidivist 28 yoshli O.O. mast holda Chirchiq shahar 4-kichik nohiya 20-uyning yon tomonida eshiklari ochiq holatda turgan, o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 20 yoshli S.U.ga tegishli Spark rusumli avtomashinaning haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtoulov egasi S.U.ning ko‘z o‘ngida mashinani talonchilik yo‘li bilan ochiqdan-ochiq olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida O.O. olib qochilgan Spark rusumli avtomashinani Toshkent shahar Yashnobod tumani hududida boshqarib yurgan vaqtida IIB xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chirchiq shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari natijasiga ko‘ra, O.O.ga nisbatan ayb e'lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudiga yuborilgan.

Top