21:20 / 27.07.2020
3112
Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisida COVID-19 aniqlandi

O’Brayyen Tramp ma'muriyatidagi COVID-19ga chalingan eng yuqori lavozimli amaldordir.

Foto: Reuters

 AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O’Brayyen COVID-19ga chalindi, deb xabar berdi Politico nashri o‘z manbasiga tayanib.

 O’Brayyenning infeksiya yuqtirib olgani haqida Reuters, Blooomberg va CNN ham xabar bergan.

Keyinroq CNBC telekompaniyasi O’Brayyenda kasallikning «yengil alomatlari» borligini va u milliy xavfsizlik kengashi ishini uyidan turib boshqarayotganini ma'lum qildi.

Politico nashrining qayd etishicha, O’Brayyen Tramp ma'muriyatidagi COVID-19ga chalingan eng yuqori lavozimli amaldordir.

Bloomberg agentligi O’Brayyen o‘tgan haftadan buyon ishga chiqmayotganligini xabar qilmoqda.

CNN telekompaniyasining ma'lumot berishicha, O’Brayyen yaqinda Yevropadan qaytgan. U safari davomida Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya va Italiya amaldorlari bilan muloqotda bo‘lgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top