18:54 / 27.07.2020
11834

Xitoy dunyodagi eng katta hidrosamolyotni sinovdan o‘tkazdi

 Uning maksimal parvoz vazni 53,5 tonnani tashkil etadi.

Foto: Xinhua/Li Ziheng

Dunyodagi eng katta AG600 hidrosamolyotining dastlabki parvozi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. New China TV  kanali YouTube videoxostingida ushbu parvoz aks etgan lavhani joylashtirdi

 Amfibiya-samolyot prototipi sinovi Sariq dengiz sohilida joylashgan Tsindao shahrida o‘tkazildi. Samolyot havoda yarim soatdan ortiq parvoz qildi. Avvalroq quruqlik va suvda sinovdan o‘tkazilgandi.

FlightGlobal ma'lumotiga ko‘ra, 50 nafargacha yo‘lovchini sig‘dira oladigan AG600 ekipaji to‘rt kishidan iborat.

 AG600 qutqarish ishlari va yong‘in o‘chirishga mo‘ljallangan. Uning maksimal parvoz vazni 53,5 tonnani tashkil etadi.

Top