23:56 / 28.07.2020
38602
Bir kunda 700ga yaqin yangi holat qayd etildi. Jami holatlar soni 22 mingga yaqinlashdi

O‘zbekistonda 28 iyul kuni ham koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha navbatdagi antirekord qayd etildi. Bir kunda 684 kishiga kasallanish tashxisi qo‘yildi va jami holatlar soni 21 ming 893taga yetdi.

«28 iyul kuni mamlakatimizda 684 holatda kasallik qayd etilgan bo‘lib, shundan 125 nafari karantin markazidagi fuqarolar orasida, 559 nafari koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan», deyiladi xabarda.

Bugun respublikaning 12 hududida yangi kasallanish holatlari qayd etildi, faqat Xorazm va Jizzaxda yangi holatlar aniqlanmadi. Bu qatorasiga ikkinchi kun kunlik holatlar soni 700ga yaqin bo‘lishidir.

Kunlik holatlar (+684)

  • Toshkent shahrida 410 holat;
  • Toshkent viloyatida 105 holat;
  • Buxoro viloyatida 32 holat;
  • Samarqand viloyatida 26 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 21 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 21 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 18 holat;
  • Namangan viloyatida 18 holat;
  • Navoiy viloyatida 11 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 10 holat;
  • Andijon viloyatida 9 holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 holat.

Tuzalganlar (+591)
Bugun respublikaning 8 hududida 591 nafar bemor sog‘aydi. Hozirda kasallik qayd etilgan jami 21 893 nafar bemordan 12 265 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 56 foizni tashkil etmoqda.

  • Toshkent shahrida 381 nafar;
  • Toshkent viloyatida 82 nafar;
  • Andijonda 41 nafar;
  • Sirdaryoda 23 nafar;
  • Namanganda 20 nafar;
  • Buxoroda 17 nafar;
  • Navoiyda 17 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 10 nafar.

O‘lim holatlari (+5)

Qatorasiga uchinchi kun kuniga 5ta o‘lim holati qayd etildi va jami o‘lim holatlari soni 126taga yetdi.

  • Toshkent shahridagi 9-son tug‘ruq kompleksida 34 yoshli homilador ayol (Sh.M.) olamdan o‘tdi.
  • 16 iyul kuni koronavirus tasdiqlangan va Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 50 yoshli erkak (R.D.) vafot etdi.
  • 10 iyul kuni koronavirus alomatlari aniqlangan va 20 iyul kuni shifoxonaga yotqizilgan 61 yoshli erkak ( M.M.) olamdan o‘tdi.
  • 17 iyul kuni 3-son tug‘ruq kompleksiga yotqizilgan 40 yoshli homilador ayol (M.K) vafot etdi.
  • 12 iyul kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan 73 yoshli ayol (U.T) vafot etdi.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 9 502 nafar bemordan 206 nafari og‘ir, 91 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top