16:18 / 28.07.2020
2577

Facebook YeI antimonopoliya organlarini sudga berdi

Kompaniya Bryussel talabiga ko‘ra Yevrokomissiyaga jami 1,7 mln sahifadan iborat 315 mingta hujjat taqdim etgan.

Foto: AFP/Getty Images

 Facebook korporatsiyasi o‘z xodimlarining shaxsiy ma'lumotlariga daxl qilinganligi ehtimoli sababli YeIning monopoliyaga qarshi kurashish organlarini sudga berdi. Bu haqda korporatsiya matbuot xizmati xabar qildi.

 Yevroittifoq 2019 yildan korporatsiyaga nisbatan qator tekshiruvlarni boshlagan. Ulardan biri uning ma'lumotlariga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi dunyoning 70 mamlakatidagi 800 mln kishi foydalanadigan virtual savdo maydonchasiga qaratilgan. 

 Kompaniya o‘tgan davr mobaynida Bryussel talabiga ko‘ra Yevrokomissiyaga jami 1,7 mln sahifadan iborat 315 mingta hujjat taqdim etgan.

Facebook vakili Tim Lyumbning so‘zlariga ko‘ra, Yevrokomissiya xodimlarning tibbiy hujjatlari, shaxsiy moliyaviy va oila a'zolari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni ham so‘ragan.

 "Bunday so‘rovlar YeI sudlari tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak", - dedi u.

 AQSh federal savdo komissiyasi Facebook tomonidan foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari himoya qilinishi buzilishi holatini o‘rganmoqda. AQSh qimmatli qog‘ozlar va birjalar bo‘yicha komissiyasi ham korporatsiyaga nisbatan yana bir surishtiruv olib bormoqda. Amerika adliya vazirligi esa Facebook kompaniyasining biznes hamkorlari bilan (Amazon, Apple, Microsoft va Sony) foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni berish bo‘yicha tuzgan kelishuvlarni o‘rganmoqda.

Mavzuga oid
Top