17:00 / 28.07.2020
17248
Galaxy smartfonlari 2020 yil birinchi choragining bessellerlariga aylandi

Galaxy A51 – Strategy Analytics ma'lumot berishicha, 2020 yil birinchi choragining besselleriga aylandi.

Strategy Analytics analitik kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, shu yilning birinchi choragida Galaxy A51 Android smartfonlarining ichida eng bozori chaqqon hisoblandi.

Ushbu modelga 2020 yilning birinchi uch oyi davomida butun dunyoda sotilgan barcha smartfonlarning 2,3%, ya'ni – 275 million dona smartfon to‘g‘ri keladi. Strategy Analytics analitik kompaniyasining ta'kidlashicha, Galaxy A51 barcha hududlarda, shu jumladan, Yevropa va Osiyoda juda ommabop ekan.

Bundan tashqari, ko‘rsatilgan davr bessellerlari qatoriga 1,7% savdo foizi bilan flagman Galaxy S20+ smartfoni, hamda Galaxy A10S (1,6%) va A20S (1,4%) smartfonlari kirdi.

2020 yilning premial yangiligiga bo‘lgan yuqori talabni, analitik kompaniya mutaxassislari quyidagicha tushuntirmoqdalar: bu yil mobil qurilma foydalanuvchilari “maksimal unumdorlikni ta'minlovchi yangi Android-modellarini” afzal ko‘rmoqdalar. Shu bilan bir vaqtda, “ko‘pchilik iste'molchilar uchun narx va sifatning to‘g‘ri nisbatiga ega”, ya'ni “yetarlicha yaxshi xarakteristika va hamyonbop narxlarga ega qurilmalar kerak”, deb aytiladi Strategy Analytics hisobotlarida.

Samsung Galaxy A51 bessellerlarini hamda o‘rta narx kategoriyasiga tegishli Galaxy A yangilangan model seriyasini o‘tgan yilning dekabr oyida taqdim etdi. Qurilma butun kun davomida faol ishlash uchun kuchli 4000 mAs akkumulyator, maksimal ravishda haqiqiy rasmlarni olish uchun aqlli funksiyalarga ega to‘rtta kamerali tizim (asosiysi – 48 Mp) va 6,5-dyuymli Full HD ekran bilan jihozlangan.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @samsunguzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Top