20:06 / 28.07.2020
14259
JSST COVID-19 faqat bitta to‘lqindan iborat bo‘lishini ma'lum qildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Harrisning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus "ko‘tarilib-tushadigan bitta to‘lqin"dan iborat.

Dunyo COVID-19 koronavirusining faqat bitta to‘lqiniga duch keladi, dedi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Margaret Xarris.

Xarris Jyenevadagi brifingda dunyo hamjamiyati koronavirusning "ko‘tarilib-tushadigan bitta to‘lqini" bilan to‘qnashishini ta'kidladi.

Uning qo‘shimcha, qilishicha, COVID-19 mavsumiy avj oladigan grippga o‘xshash emas.

Shu bilan birga, Yevropa mamlakatlarida pandemiya yana tezlashmoqda. The Guardian nashrining yozishicha, Germaniya, Ispaniya, Gretsiyada kasallanish holatlari qayd etilishi o‘smoqda.

Worldometer saytining ma'lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19ga chalinganlar soni 16,6 milliondan oshgan, 657 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top