08:47 / 28.07.2020
5710

O‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘chiligi tahlil markazining asosiy vazifalari ochiqlandi

O‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini takomillashtirish chora-tadbirlari qabul qilinadi.

Vazirlar Mahkamasining “O‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.

Quyidagilar:

Manzarali o‘simliklarning urug‘liklarini sertifikatlashtirish va standartlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

O‘rmon xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarni aprobatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom;

O‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirishga doir qoidalar tasdiqlanadi.

Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi huzuridagi O‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘chiligi tahlil markazining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishida qatnashish;

normativ hujjatlar talablariga muvofiq namunalar tanlab olish va o‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlarini identifikatsiyalash;

o‘rmon xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarni aprobatsiyadan o‘tkazishda ishtirok etish;

o‘rmon xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini, shu jumladan, nav va ekinboplik sifatlarini aniqlash;

o‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘liklari sinovlarini tashkil etish hamda o‘tkazish, shu jumladan, urug‘liklarining genetik (nav) va urug‘ nazoratini, laboratoriya sinovlarini, sifati ekspertiza qilinishini amalga oshirish;

o‘rmon va dorivor o‘simliklar urug‘lari va ko‘chatlarini tahlil qilish, ularga tahlil natijalari va muvofiqlik sertifikati berish;

o‘rmon va dorivor o‘simliklar, ularning urug‘larini yetishtirish, ko‘paytirish va realizatsiya qilish;

istiqbolli va noyob o‘rmon va dorivor o‘simliklar navlarini rayonlashtirish, ko‘paytirish va iste'molchilarga yetkazish;

o‘rmon xo‘jaligida urug‘chilik bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va tahlillarni amalga oshirish dasturlarini ishlab chiqish, kadrlar malakasini oshirishda tashkilotlararo va xalqaro hamkorlikni kengaytirish, fan, ta'lim va ishlab chiqarishni integratsiyalashtirish.

Markaz respublikada kam bo‘lgan o‘rmon va dorivor o‘simliklarning noyob urug‘lari va nihollarini xorijiy davlatlardan olib kelinishini hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlariga, shuningdek, boshqa iste'molchilarga shartnoma asosida yetkazib berilishini ta'minlaydi.

Top