11:01 / 28.07.2020
5409
«O‘zekspomarkaz»dagi taqsimlash markazida 300 nafar bemor joylashtirildi. Markazda reanimatsiya bo‘limini ochish rejalashtirilmoqda 

Taqsimlash markazida ayni paytda 300 nafar bemor bor. 

Uzreport telekanali “O‘zekspomarkaz”dagi Taqsimlash markazi ish faoliyati bo‘yicha maxsus lavha e'lon qildi. Unda shifokorlarning ish jarayoni, koronavirus infeksiyasiga gumon qilingan bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rsatilgan.

Mutaxassislardan birining ma'lum qilishicha, Taqsimlash markazida ayni paytda 300 nafar bemor bor. Hozirgi vaqtda ushbu markazda reanimatsiya bo‘limini ochish rejalashtirilmoqda. 

Kuni kecha "O‘zekspomarkaz"da COVID-19’ga chalingan bemorlar uchun tashkil etilgan taqsimlash markazida monitor o‘rnatildi. 

Taqsimlash markazidagi bemorlarning yaqinlari va qarindoshlari xavotirga berilmay ichkarida ro‘y berayotgan vaziyatdan monitor orqali xabardor bo‘lishlari mumkin, deyiladi poytaxt hokimligi ma'lumotida.

“O‘zekspomarkaz”dagi markazda bemor ko‘rikdan o‘tkaziladi va ahvoli og‘ir bemorlar barcha sharoitlar, xususan, kislorod ta'minotiga ega shifoxonalarga yo‘naltiriladi. O‘rta og‘ir ahvoldagi bemorlarga ambulator sharoitda muolajalar buyuriladi. Kasallikni yengil shaklda boshdan kechirayotganlar esa uy sharoitida shifokor nazorati ostida davolanadi. Bu tibbiyot tizimiga tushayotgan bosimni pasaytiradi.

Markazda 250 nafar tibbiyot sohasi mutaxassislari faoliyat yuritishi rejalashtirilgandi. Bu yerga shaharning turli hududlaridan COVID-19’ga gumonlanganlar olib kelinmoqda. 

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top