22:14 / 29.07.2020
3994
14 kunlik ish uchun 668 nafar vrachning har biriga 25 mln so‘mdan to‘lab berildi - Moliya vazirligi

24-27 iyul kunlari koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jalb etilgan 12383 nafar tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun 63,8 mlrd so‘m to‘landi, deb xabar bermoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan koronavirus tarqalishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarga jami 1 trln 149 mlrd 800 mln so‘m mablag‘ ajratgan. Shundan 63,8 mlrd so‘m tibbiyot xodimlarini qo‘shimcha rag‘batlantirish uchun sarflangan.

Jumladan, oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlari bo‘yicha 8387 nafar xodimga 9,3 mlrd so‘m to‘langan. Shundan 2072 nafar vrachga – 3,1 mlrd so‘m, 3940 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 3,5 mlrd so‘m, 1073 nafar kichik tibbiyot xodimga – 1 mlrd so‘m va 1302 nafar boshqa xodimlarga – 1,6 mlrd so‘m sarflangan.

Shu bilan birga,  koronavirus bilan kasallangan bemorlar va karantin hududlarida 14 kun davomida faoliyat yuritgan 2 666 nafar tibbiyot xodimiga 51,0 mlrd so‘m to‘lab berilgan. Xususan, 668 nafar vrachning har biriga 25 mln so‘mdan, jami 20,9 mlrd so‘m; 1103 nafar o‘rta tibbiyot xodimga – 20,1 mlrd so‘m, 613 nafar kichik tibbiyot xodimga – 7,7 mlrd so‘m va 282 nafar boshqa xodimlarga – 2,3 mlrd so‘m to‘langan.

Bundan tashqari, Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning hududiy markazlari xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va og‘ir sharoitlari uchun belgilanadigan qo‘shimcha to‘lovlar miqdorini tegishincha 15 foizdan 50 foizga hamda 40 foizdan 75 foizga oshirish hamda mehnatiga haq to‘lash razryadlari bo‘yicha tarif koeffitsiyentini 5 foizga oshirish hisobiga 1310 nafar xodimga 1,2 mlrd. so‘m to‘lab berilgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top