19:24 / 29.07.2020
7253

Hindiston Xitoy bilan chegarasiga qo‘shimcha 35 ming askar joylashtirmoqchi

Iyun o‘rtalarida Kashmirga yondosh Ladakh provinsiyasida xitoylik harbiylar bilan to‘qnashuv oqibatida 20 nafar hind harbiysi halok bo‘lgandi. 

Foto: Reuters

Hindiston yaqin vaqt ichida Xitoy bilan chegarasi bo‘ylab qo‘shimcha 35 ming harbiyni joylashtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Mint gazetasi xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, chegara oldi hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi kelishuv hozircha bajarilmayapti. Ushbu vaziyat bu yerga qo‘shimcha kuchlarni joylashtirishni talab qiladi.

The Hindu gazetasi Xitoy o‘z qo‘shinlarini chegaradan qisman uzoqlashtirganini, Hindiston bundan qanoat hosil qilmagani haqida xabar bergandi.

Avvalroq Kashmirga yondosh Ladakh provinsiyasida xitoylik harbiylar bilan to‘qnashuv oqibatida 20 nafar hind harbiysi halok bo‘lgandi.

Top