10:38 / 29.07.2020
10531

O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari soni 22 mingdan oshdi. 88 bemor o‘ta og‘ir ahvolda

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda yana 276 kishida koronavirus aniqlangani haqida xabar berdi.

«2020 yil 29 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22 169 (+276) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

So‘nggi 10 soat ichida respublikaning 8 hududida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida yangi kasallanish holatlari qayd etilgan.

  • Toshkent viloyatida 153 nafar;
  • Toshkent shahrida 51 nafar;
  • Namangan viloyatida 30 nafar;
  • Sirdaryo viloyatida 12 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 12 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatida 11 nafar;
  • Qoraqalpog‘istonda 4 nafar
  • Navoiy viloyatida 3 nafar.

Ayni paytda yurtimizda 12 265 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (55 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 9 777 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 209 nafari og‘ir, 88 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top