17:27 / 29.07.2020
5614
Rossiya maktablarida o‘quv yili 1 sentyabrdan odatdagi shaklda boshlanishi ma'lum qilindi

Qayd etilishicha, barcha maktablarda dezinfeksiya o‘tkaziladi, termometriya tashkil etiladi, antiseptik vositalar bilan ta'minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Foto: RIA Novosti

Rossiya maktablarida yangi o‘quv yili odatdagidek sentyabrda boshlanadi, deb ma'lum qildi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Tatyana Golikova.

"Bugungi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib, agarda ayrim hududlarda qo‘shimcha xavf bo‘lmasa, maktablarda yangi o‘quv yilini odatdagidek sentyabrdan boshlash to‘g‘risida qaror qabul qildik", - dedi u.

Golikovaning qo‘shimcha qilishicha, barcha maktablarda dezinfeksiya o‘tkaziladi, termometriya tashkil etiladi, antiseptik vositalar bilan ta'minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus yuqtirganlar soni 828 mingdan oshgan, 13,6 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top