19:47 / 29.07.2020
7576
Tojikistonda Covid-19’ga chalingan bemorlarning 83 foizi sog‘aydi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, 1121 kishi uyida davolanmoqda, 96 kishi esa shifoxonalarda shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi. 

Foto: Asia-Plus

29 iyul holatiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 7320tani tashkil etmoqda, deb xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi. Bir sutkada yana 44 kishida virus aniqlangan.

Pandemiya boshlanganidan buyon Tojikistonda koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 60 nafarga yetdi. 

 6103 kishi (83,3 foiz) kasallikdan butkul sog‘ayib ketdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko‘ra, 1121 kishi uyida davolanmoqda, 96 kishi esa shifoxonalarda shifokorlar nazorati ostida bo‘lib turibdi. 

 Mamlakat moliya vaziri Fayziddin Qahhorzodaning so‘zlariga ko‘ra, markaziy g‘aznachilik bosh boshqarmasida ochilgan xayriya jamg‘armasiga jami 25 mln somoniy (2,5 mln dollarga yaqin) mablag‘ tushgan.

 Bu mablag‘lar koronavirusga qarshi kurashga yo‘naltiriladi.

 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top