08:08 / 29.07.2020
6201
Toshkentda 3 oylik bolani 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

To‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirildi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Toshkent shahar IIBBga fuqaro murojaat qilib, poytaxtda istiqomat qiluvchi 21 yoshli N.F. o‘zining 3 oylik bolasini 5 ming AQSh dollariga sotayotganini bildirgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, tezkor xodimlar prokuratura vakillari bilan birgalikda tezkor tadbirlar ishlab chiqib, ularni amalga oshirdilar.

Natijada, N.F. va u bilan birga yashovchi, 24 yoshli A.Z. chaqaloq evaziga pul olayotganlarida ushlandi.

To‘plangan materiallar qonuniy choralar ko‘rilishi uchun Yunusobod tumani prokuraturasiga topshirilgan.

Top