08:32 / 29.07.2020
3721
Yaman hukumati va ayirmachilar yangi hukumat tashkil etishga kelishib oldi

Yaman markaziy hukumati va Janubiy o‘tish kengashi ayirmachilari yangi hukumat tashkil etishga kelishib oldi. Hukumat va o‘tish kengashi shu tariqa Yamandagi ixtilofni tartibga solish bo‘yicha Saudiya Arabistoni bildirgan tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

Foto: Anadolu Agency

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi vakilining Twitter’da ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistoni taklif qilgan reja 22 iyunda boshlangan o‘t ochish rejimini to‘xtatishni davom ettirish, o‘tish kengashining Yaman janubida muxtoriyat e'lon qilish hamda Adan viloyati gubernatori va xavfsizlik bo‘yicha boshlig‘ini tayinlashdan voz kechishini, Yaman bosh vaziriga yangi hukumatni 30 kun ichida shakllantirish vakolatini berishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, ayrimachilar Adanni tark etishlari kerak bo‘ladi.    

O‘tish kengashi saytida ma'lum qilinishicha, ayirmachilar reja bandlaridan birini bajarib, aprelda mamlakat janubida kiritgan o‘zini o‘zi boshqarish rejimidan voz kechishdi.

Yamanning Janubiy o‘tish kengashi 2017 yilda tashkil etilgan bo‘lib, kengash va Yamanning tan olingan hukumati ma'lum muddat davomida husiylarga qarshi birgalikda kurash olib borgan. Biroq keyinroq ular orasida ixtilof yuzaga kelgan. 2019 yilda ayirmachilar hukumat mamlakatning vaqtinchalik poytaxti qilib belgilagan Adan shahrini bosib olgan va hukumat tarafdorlarini hokimiyatni topshirishga majbur qilgan, 2020 yil aprelda esa mamlakatning barcha janubiy viloyatlarida muxtoriyat e'lon qilgan.

Top