22:20 / 30.07.2020
7144
AQSh prezidentligiga sobiq nomzod koronavirus asoratlaridan vafot etdi
Foto: Reuters

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Herman Keyn koronavirus yuqtirib olganidan keyin yuzaga kelgan asoratlardan vafot etdi.

Bu haqda siyosatchining vakili Den Kalabreze xabar berdi. 

«Keyn COVID-19 tashxisi bilan shifoxonaga tushganida, unga oson bo‘lmasligini bilardik. Unda nafas olish bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi, natijada tez yordam  bilan shifoxonaga olib borildi. Biz unga dorilar yordam berishini istab duo qildik. Ammo tez orada uning o‘z hayoti uchun kurashishi ma'lum bo‘ldi», - deyiladi vakil xabarida.

Avvalroq 74 yoshli siyosatchi o‘pkani sun'iy shamollatish apparatiga ulangani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Keyn 2000 va 2011 yillarda o‘z prezidentlik kampaniyasini boshladi, ammo har ikkala holatda ham poygadan erta chiqib ketdi.

Tramp kampaniyasi davrida Keyn Black Voices for Trump (Qoratanlilar ovozi Tramp uchun) harakatida raisdoshlik qildi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top