20:53 / 30.07.2020
34148
Behzod Musayevga Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish topshirildi

O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Behzod Musayev Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarib turadi. Bu haqdagi ma'lumot Kun.uz manbasi tomonidan tasdiqlandi.

Hukumat qaroriga ko‘ra Behzod Musayevga bir vaqtning o‘zida sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklangan.

Bundan oldinroq 2017 yildan buyon O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri sifatida ishlab kelgan Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga davolanishga yotqizilgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan buyon Davlat soliq qo‘mitasi raisi bo‘lgan Behzod Musayev 2020 yilning mayida bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Top