11:55 / 30.07.2020
10450
Covid-19’ga ommaviy immunitet hosil bo‘lishiga ancha bor – JSST

Insoniyat koronavirusga qarshi ommaviy immunitet hosil qilishi hali yaqin orada sodir bo‘lmaydi, deya ma'lum qildi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakili Maykl Rayan.

Rayan insoniyat ommaviy immunitet hosil qilishi uchun Yer aholisining necha foizi Covid-19 bilan kasallanib tuzalishi kerakligi JSSTga noma'lumligini ta'kidlagan.

«Aksariyat olimlar ommaviy immunitet hosil bo‘lishi uchun aholining taxminan 60-80 foizi kasallanib tuzalishi kerak, deb hisoblashmoqda. Ammo bu ko‘rsatkich kamroq bo‘lishi ham mumkin.

Bu ko‘rsatkich qancha bo‘lishidan qat'i nazar, biz undan hali uzoqdamiz. Ommmaviy immunitet uchun kerakli ko‘rsatkichga yetgunimizga qadar ancha yo‘qotishlar qilishimiz mumkin», degan Rayan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ommaviy immunitet hosil qilinishiga intilish kasallikni nazorat qilishga qaysidir ma'noda zid keladi.

«Deylik, aholining 70 foizida immunitet hosil bo‘lishi uchun biz virusning tarqalishiga qo‘yib berishimiz kerak bo‘lib chiqyapti. Ammo bu nimaga olib keladi? Bemorlar bilan liq to‘la kasalxonalar va ko‘plab qurbonlarga», deydi u.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top