08:53 / 30.07.2020
11534
IIV uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni nazorat qilish haqidagi savolga javob qaytardi

Profilaktika inspektoriga qator ishlarni bajarish vazifasi yuklatilgan. 

AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Brifingda aholidan tushgan eng muhim savollarga javob qaytarildi.

Shohrux G‘iyosov koronavirusdan uy sharoitida davolanayotgan bemorlarni kimdir nazorat qilishi borasidagi savolga javob berdi.

Qayd etilishicha, koronavirusga chalingan uy sharoitida davolanayotgan bemor va u bilan muloqotda bo‘lganlarga ulardan kelib tushgan murojaatlar asosida, ularning o‘z mablag‘lari hisobidan ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari va dori vositalarini xonadonga karantin qoidalariga rioya qilgan holda olib kelinadi.

“Shu jumladan profilaktika inspektoriga quyidagi ishlarni bajarish vazifasi yuklatilgan, ya'ni:

har kuni belgilangan vaqtlarda ma'muriy hududida joylashgan karantinga olingan xonadonlarni o‘rganib chiqadi;

mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan birgalikda karantinga olingan xonadonlarga Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan eslatma varaqasini tarqatadi;

kun davomida zarurat bo‘lganda karantinga olingan xonadon egasi bilan telefon orqali bog‘lanib vaziyatni o‘rganib boradi”, - dedi IIV vakili.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top