15:02 / 30.07.2020
3957
Koronavirus yuqtirganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turgan Braziliya xorijliklar uchun chegaralarini ochmoqda

Mamlakatga quruqlik va suv yo‘llari orqali kirish taqiqlangan, ammo 30 kundan so‘ng bu taqiq bekor qilinishi mumkin.

Foto: Buda Mendes / Getty Images

 Braziliya hukumati xorijliklar uchun chegaralarini ochmoqda, deb xabar berdi The Straits Times nashri.

 Mamlakatga 90 kungacha kelgan xorijliklar Braziliya hududida amal qiladigan transport kompaniyasi tibbiy sug‘urtasini ko‘rsatishlari kerak bo‘ladi. Hukumat boshqa talablarni ilgari surmagan.

The Straits Times nashrining qayd etishicha, mamlakatdagi epidemiologik vaziyat xavfli bo‘lishiga qaramasdan ana shunday qaror qabul qilingan: Braziliya koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turibdi.

Mamlakatga quruqlik va suv yo‘llari orqali kirish taqiqlangan, ammo 30 kundan so‘ng bu taqiq bekor qilinishi mumkin.

 Braziliya mart oxirlarida havo chegaralarini yopgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Braziliyada koronavirus yuqtirganlar soni 2,5 million atrofida bo‘lib, 100 mingga yaqin kishi kasallikdan vafot etgan.

Top