11:00 / 30.07.2020
5003

Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA “Biznes Boshqaruvi Magistri” (MBA) mutaxassisligiga Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda o‘qishga qabul qilish boshlandi

Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlangan Malayziyaning Putra Biznes Maktabi Master of Business Administration (MBA: General Management) o‘quv dasturi asosida talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini ma’lum qiladi. 

Ta’lim Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetida Malayziyalik professorlar tomonidan barcha fanlar (Ingliz tilida) olib boriladi. O‘quv dasturi davomiyligi 18 oy (5 semestr). Sohada faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun kechki kurslar tashkil etiladi.

Malayziyaning Putra Biznes maktabi MBA dasturi AQSh ning AACSB akkreditatsiya agentligi tomonidan akkreditatsiyalangan. Jahonning 5% dan kam biznes maktablari ushbu akkreditatsiyani olishga erishgan, bu MBA dasturi sifat darajasining yuqori ekanligini kafolatlaydi. Ta’limni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “Umumiy boshqaruv” mutaxassisligi bo‘yicha Putra Biznes maktabi MBA magistri diplomini qo‘lga kiritadi.

Ta’lim uchun umumiy to‘lov kontrakt qiymati 8000 AQSh dollari, O‘zbekiston fuqarolariga 20% imtiyoz beriladi, ular 6400 AQSh dollari to‘laydi. To‘lov O‘zbekiston milliy valutasi so‘mda amalga oshiriladi (AQSh dollarining so‘mga nisbatan qiymati, Markaziy bank tomonidan to‘lov amalga oshirilgan kunda belgilangan kursda hisoblanadi).

O‘quv dasturi 2020 yil sentabr oyidan boshlanadi. Ta’lim ingliz tilida olib boriladi. O‘qishga kirish uchun nomzodlardan IELTS 6.0 va undan yuqori, va bakalavr diplomi talab etiladi (bakalavr bosqichini xorijiy universitet filiallarida ingliz tilida o‘qiganlar bundan mustasno). Birinchi o‘quv yilida IELTS sertifikati yo‘q nomzodlar o‘qishni boshlagandan keyin 6 oy muddatda IELTS 6.0 sertifikati olib taqdim etishi talab etiladi.

Nomzodlarga Malayziyalik professorlar tomonidan 12 avgust kuni sinov darsi tashkil etiladi.

Ma’lumotlar uchun telefonlar: +998 99 8184424, +998 99 845 3748

E-mail: o.mukhitdinov@polito.uz; e76dilshod@gmail.com

Manzil: Toshkent sh., Olmazor tumani, Kichik halqa yo‘li ko‘chasi 17-uy.

Mas’ul shaxslar: Mavlyanov Dilshod, Muhitdinov Otabek.

Batafsil: polito.uz/2020/07/27

Reklama huquqi asosida

Top