22:08 / 30.07.2020
9581

«Odnoklassniki»da o‘zini ayol sifatida tanishtirib, pul talab qilgan samarqandlik erkak ushlandi

9 iyul kuni 26 yoshli M.E. «Odnoklassniki.ru» ijtimoiy tarmog‘i orqali «Shoxista Toxirova» nomli profil egasi bilan tanishib qolgan. U o‘zini go‘yoki Andijon viloyati Marhamat tumanida yashovchi «Shohista» ismli qiz sifatida tanishtirgan, deya xabar beradi IIV Tergov departamenti.

Ma'lum qilinishicha, o‘zaro suhbatlardan keyin, M.E. «Shohista»ga fotosuratlarini yuborganidan so‘ng, «qiz» 5 million so‘mni o‘zi ko‘rsatgan bank plastik kartasi hisobiga o‘tkazib bermasa, internet tarmog‘ida sharmanda qilishini bildirgan.

Samarqand viloyati IIB tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida, profil egasi aslida Samarqand tumanida yashovchi 44 yoshli F.X., ekani aniqlanib, M.E.dan talab qilingan puldan ma'lum bir qismini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Samarqand tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top