20:14 / 30.07.2020
4662
Shomurodov RPL o‘tgan mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘lishi mumkin

Rossiya Premer-Ligasi matbuot xizmati 2019/20 mavsumining eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Unga «Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodov ham kiritildi. Hamyurtimiz o‘tgan mavsumda 28ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi. Uning jamoasi 5-o‘rinni egallab, Yevropa Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

To‘liq ro‘yxat quyidagicha:
Artyom Dzyuba, Sardor Ozmun, Vilmar Barrios, Duglas Santos (barchasi «Zenit»), Gjyegoj Krixovyak, Aleksey Miranchuk (ikkalasi ham «Lokomotiv»), Nikola Vlashich (TsSKA), Eldor Shomurodov («Rostov»), Yevgeniy Lutsenko («Arsenal»), Daniil Fomin («Ufa»), Aleksandr Sobolev («Krilya Sovetov» / «Spartak»), Erik Bikfalvi («Ural»).

G‘olib nomi 1 avgust kuni o‘tkaziladigan tantanali tadbirda e'lon qilinadi.

Top