19:15 / 31.07.2020
14870
Belarus-Rossiya chegarasida notinch vaziyat yuzaga kelganligi xabar qilindi

Rossiya FXXning Smolensk oblasti bo‘yicha chegara boshqarmasi mamlakatga kirib-chiqish chog‘ida belaruslarga oid ma'lumotlar qayd etilayotganini tasdiqlagan.

Rossiyaning Krasnaya Gorka o‘tkazish punktida belarusliklar pasport ma'lumotlari va boshqa shaxsiy ma'lumotlarsiz o‘tkazilmayapti. Bu haqda belaruslik jurnalist Stepan Putiloning NEXTA Telegram-kanalida xabar qilindi.

«Rossiya-Belarus chegarasidagi vaziyat notinchligicha qolmoqda», — deya qayd etgan jurnalistlar.

M1 (Ye30) trassasida yengil va yuk avtomobillaridan iborat tirbandlik yuzaga keldi, deb xabar bermoqda Tut.by.

Rossiya FXXning Smolensk oblasti bo‘yicha chegara boshqarmasi mamlakatga kirib-chiqish chog‘ida belaruslarga oid ma'lumotlar qayd etilayotganini tasdiqlagan.

29 iyul kuni Belarusdagi BeLTA davlat agentligi Minsk tashqarisidagi sanatoriyada «Vagner» XHK jangchilari ekani gumonlangan 32 nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Keyinroq bu ma'lumot Belarus respublika davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) tomonidan tasdiqlandi. Mamlakat janubida ham yana bir rossiyalik qo‘lga olindi.

Belarus Xavfsizlik kengashi davlat kotibi Andrey Ravkov qo‘lga olingan rossiyaliklar ko‘rsatma berishni boshlagani, ularga nisbatan terakt sodir etish ayblovi bo‘yicha jinoiy ish ochilgani, maxsus xizmatlar esa respublika hududida bo‘lishi mumkin bo‘lgan 200 nafarga yaqin jangarini qidirayotganini ma'lum qilgan.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Top