19:55 / 31.07.2020
3384
Berlinda inkassatorlar mashinasiga hujum qilindi

Berlinning Noykyoln rayonida noma'lum shaxslar tomonidan inkassatorlar mashinasiga hujum qilindi.

Welt telekanali xabariga ko‘ra, jinoyatchilar mashinadagi pullarni o‘g‘rilab ketishgan.

«Hermannplats maydonida inkassatorlar mashinasiga hujum qilindi. Hozirgi vaqtda u yerda ko‘plab politsiyachilar bor», - deyiladi xabarda.

13 kishi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz tufayli jabrlangani aytilmoqda. Hozircha uni jinoyatchilar yoki politsiyadan qay biri qo‘llagani haqida ma'lumot yo‘q.

Mojaro Karstadt savdo markazi yaqinida sodir bo‘lgan. Hozirgi vaqtda yaqin atrofdagi ko‘chalar yopilgan. Metroning U7 va U8 liniyasidagi poyezdlar Hermannplats stansiyasida to‘xtamasdan o‘tib ketmoqda.

Top