11:58 / 31.07.2020
6989

Iste'molchilar uchun elektr energiyasi tariflari oshirilmaydi

Tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi sohaviy muassasalar o‘rtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor.

Ayrim ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 14 avgustidan e'tiboran elektr energiyasi uchun tariflarning oshirilishi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2020 yil 29 iyuldagi 5-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan 2020 yilning 14 avgustidan e'tiboran elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va sotish bo‘yicha elektr energetika sohasi korxonalari o‘rtasida yangi tariflar joriy etilishi belgilangan. 

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu tariflarning amaliyotga tatbiq etilishi sohaviy muassasalar o‘rtasidagi moliya-iqtisod munosabatlariga daxldor bo‘lib, oqibatda elektr energiyasining iste'molchilarga yetkazib berish tariflariga ta'sir ko‘rsatmaydi, ya'ni narxlarning oshishiga sabab bo‘lmaydi.

Mavzuga oid
Top