11:06 / 31.07.2020
12792
Klimaks davrini qanday qilib yengil o‘tkazish mumkin?

Menopauza davrida ayol organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Ko‘plab ayollar menopauzaning, ta'sirchanlik, kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi, uyqu buzilishi va qon bosimining o‘zgarishi kabi turli ko‘rinishlarini alohida xavotir bilan kutadilar. Klimaks ular uchun hayotlarini tubdan o‘zgartirib yuboruvchi qudratli kuchday tuyuladi, ya'ni undan keyin hayot bunchalik rang-barang va qiziqarli bo‘lmaydigandek. Ushbu masalada ularning bunday qarashiga ko‘plab ginekolog mutaxassislar qo‘shilmaydilar, ular: «Klimaksni – oddiy bir bosqich», - sifatida qabul qiladilar.

Menopauza davrida ayol organizmida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?

Avvalo shuni ta'kidlashni istardikki, menopauza har bir ayolda ma'lum bir yoshda yuzaga keladigan normal fiziologik jarayondir. Bu holatda uning tanasida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y beradi, bu ikkita asosiy gormon – estrogen va progesteron ishlab chiqarishning kamayishi bilan bog‘liq jarayondir.

Klimaksning qanday asosiy belgilari mavjud? Ayollarni ko‘proq nimalar bezovta qiladi?

Menopauzaning klassik alomatlariga quyilishlar, yurak urishi, uyqusizlik, oyoq yoki qo‘llardagi titroq, bosh aylanishi, mushak og‘rig‘i, to‘satdan kayfiyat o‘zgarishi, asabiylashish, tushkunlik, nafas qisilishi, bosh og‘rig‘i, ko‘zlarning qurib qolishi, xotira pasayishi va boshqalar kiradi. Bularning barchasi, albatta, qo‘rqinchlidir. Ammo shuni ta'kidlash kerakki, ushbu alomatlar hech qachon bir vaqtning o‘zida ko‘rinmaydi. Har bir organizm individualdir: ba'zilar uchun menopauzaning yagona belgisi hayz ko‘rishni to‘xtatish bo‘lsa, boshqalari uchun aksincha, bir vaqtning o‘zida bir nechta menopauza belgilari bo‘lishi mumkin.

Klimaksning ushbu alomatlari bilan kurashishning iloji bormi?

Nafaqat iloji bor, balki zarur. Bundan tashqari, zamonaviy tibbiyotda buning uchun barcha zarur vositalar ham mavjud. Albatta, menopauzani to‘xtatish uchun sizga hech narsa yordam bermaydi, ammo zamonaviy dori-darmonlar yordamida siz simptomlar va kasalliklarni sezilarli darajada yengillashtirasiz. Mutaxassislar Klimadinon preparatiga e'tibor berishni tavsiya etadilar. Bu o‘simliklardan tayyorlangan nemis dori vositasi hisoblanib, yaxshi muhosaba qilingan, menopauza kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

Klimadinon bezovtalik va ta'sirchanlikni yengillashtiradi, kayfiyat o‘zgarishlari va keskin tushishining oldini oladi, uyqusizlikdan xalos qiladi va qo‘shimcha ravishda suyak to‘qimasini va ayol terisining yaxshi saqlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Klimadinon bilan davolash teri namligining ko‘payishiga olib keladi, bu esa preparatning epidermisning sirt qatlamlarining metabolizmiga ta'sirini aks ettiradi. Klimadinon shuningdek yog‘li terini normalizatsiya qiladi va shu bilan uni yorqin va silliq holatga qaytaradi.

Nahotki o‘simliklardan tayyorlangan dori vositasi shunday samarali ta'sir ko‘rsata olsa?

Balki siz uchun ishonish qiyindir, ammo haqiqatdan ham shunday. Nemis olimlari Klimadinon preparati tarkibiga kiruvchi Cimicifuga racemoza o‘simligining estrogenga o‘xshash ta'sirini aniqladilar. Bu shuni anglatadiki, gormon bo‘lmasdan, odatdagi gormonal fonni qo‘llab-quvvatlaydi. Shunday qilib, ayolning tanasida menopauza boshlanishidan oldin bo‘lgan muvozanat saqlanib qolinadi.

Klimadinonning qanday asosiy xususiyatlari mavjud?

Eng asosiysi, dori haqiqatan ham aksariyat ayollar shikoyat qiladigan deyarli barcha alomatlarni yengillashtiradi. Klimadinon yoshligingizni saqlab qoladi, menopauza alomatlarini yengillashtiradi va sizni yaxshi kayfiyatga qaytaradi. Bundan tashqari, preparat minimal yon ta'sirga ega va uzoq vaqt davomida ishlatilishi mumkin. Ammo yodingizda tutishingiz kerakki, biron bir dorini ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish kerak. Ayniqsa, bunday qiyin davrda, ayol o‘z sog‘lig‘i uchun maksimal darajada g‘amxo‘rlik ko‘rsatishi kerak.

Mahsulot sertifikatlangan.

Tarkibi: Cimicifuga racemoza

Registratsiya raqami: Klimadinon tabletkalari DV/X 06403/06/19

Klimadinon ichga qabul kilish uchun eritma: DV/X 06402/06/19

Ishlab chiqaruvchi: Bionorika Se (Germaniya)

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar mavjud. Qo‘llashdan avval yo‘riqnoma bilan tanishib yoki mutaxassis bilan maslahatlashish zarur.

Reklama huquqi asosida

Top