15:00 / 31.07.2020
8740
MAXPRODUCT: sendvich-panellar texnologik qurilishning asosiy materialidir

Devor va tom yopish sendvich-panellarini ishlab chiqaruvchi hamda mahalliy va chet el bozoriga sotish bilan shug‘ullanuvchi MAXPRODUCT kompaniyasi o‘z mahsulotlari narxlari arzonlashganini e'lon qiladi va ushbu innovatsion qurilish materialining asosiy afzalliklarini baham ko‘radi.

Zavodning ishlab chiqarish quvvati

Bir necha yillardan buyon mahalliy ishlab chiqaruvchi penopolistirol (penoplast) va bazalt (mineral vata) bilan to‘ldirilgan uch qatlamli sendvich-panellar, shuningdek, qo‘shimcha elementlar bilan O‘zbekiston bozorida o‘z faoliyatini yuritmoqda va chet el qurilish bozorlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni amalga oshirmoqda.

Ishlab chiqarishning xususiy ekanligi kompaniyaga eng maqbul narxlarni taklif etish va realizatsiya qilingan mahsulotlarning yuqori darajadagi sifatini kafolatlash imkonini beradi. Ushbu xususiyatlar, shuningdek, muvaffaqiyatli qurilishni amalga oshirish va mahsulotdan uzoq muddat davomida foydalanish garovidir. Zavodda 50 nafardan ortiq yuqori malakali mutaxassislar xorijdan keltirilgan zamonaviy uskunalardan foydalangan holda faoliyat olib boradilar, ishlab chiqarish jarayoni esa bir daqiqaga ham to‘xtamaydi – kechayu-kunduz 3 smenada olib boriladi.

Uch qatlamli sendvich-panellar keng assortimentda va turli xil ranglar palitrasida, xalqaro sifat sertifikatining barcha mezonlariga muvofiq buyurtma asosida tayyorlanadi. Malakali mutaxassislar o‘z hamkorlarini ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida – hisob-kitob va maslahat berishdan tortib, to yakuniy mahsulotni chiqarishgacha qo‘llab-quvvatlaydilar. Ta'kidlash joizki, MAXPRODUCT o‘z mahsulotlarini respublikaning barcha hududlariga yetkazib berish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi va shu orqali o‘z hamkorlari uchun yanada qulay bo‘lgan xarid shartlarini ta'minlaydi.

Devor va tom yopish sendvich-panellari

Devor sendvich-panellari turli xil obektlar qurilishida qurilish material sifatida ishlatiladi hamda g‘isht, yog‘och va beton bloklarga munosib muqobil material hisoblanadi, chunki ta'mirlash vaqtida ular binoning asosiy tuzilishiga zarar yetkazmay almashtirishni yuqori aniqlikda amalga oshirishga imkon beradi.

Kompaniya devor sendvich-panellaridan tashqari xizmat ko‘rsatishi, sifati va xizmat qilish muddatlariga ko‘ra devor sendvich-panellaridan qolishmaydigan tom yopish mahsulotlarini ham ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Tom yopish sendvich-panellari obektlarning tomini qurish uchun ishlatiladi va har qanday ob-havo sharoitlarida o‘rnatish jarayonini tezda bajarilishiga imkon beradi. Ushbu turdagi sendvich-panellar uch qatlamga ega: har ikki tomondan polimer qoplamali sinklangan po‘lat, to‘ldiruvchi – mineral vatali plita.

Agar sendvich-panellarni boshqa qurilish materiallari bilan taqqoslaydigan bo‘lsak, unda mineral vata bilan to‘ldirilgan uch qatlamli sendvich-panellar olovga mutlaqo chidamliligi va ortiqcha namlikni singdirib olish xususiyati bilan xavfsiz qurilish materiallaridan biri hisoblanadi. Sendvich-panellar yopishtirish usuli yordamida tayyorlanadi, shuning uchun ularning germetikligi qishda sovuq va yelvizak o‘tishiga imkon bermaydi.

Rasmda turli xil qurilish materiallari issiqlik izolyatsiyasini bir xil darajada ushlab turishi uchun qancha miqdorda ishlatilishi aniq ko‘rsatilgan. Ularning orasida eng yengili va samaralisi penoplast hisoblanadi – ushbu materialning minimal qatlami maksimal issiqlik izolyatsiyasini ta'minlaydi. Eng hajmi katta va qimmatbaho material – g‘isht bo‘lib, penoplast kabi issiqlik izolyatsiyasi sharoitini yaratish uchun, ushbu materialdan ko‘proq kerak bo‘ladi, shuningdek uni o‘rnatishga ko‘proq vaqt va mehnat talab etiladi.

Qo‘shimcha elementlar

MAXPRODUCT qurilishga kompleks yondashuv maqsadida sendvich-panellar bilan bir qatorda, barcha kerakli qismlarni ham yetkazib beradi. Ular orasida qo‘shimcha va fason elementlari mavjud bo‘lib, ular birikish joyi va yoriqlarni yopish uchun dekorativ detallar hisoblanib, montaj ishlarining yakuniy bosqichlarida yordamchi vazifasini o‘taydi. Ushbu qismlar mutaxassislar tomonidan nafaqat estetik maqsadlarda, balki tuzilmani tashqi ta'sirlardan – shamol, qor, erigan muz, axlat va ifloslanishlardan himoya qilish uchun ham qo‘llaniladi.

«Z-lock» qulflari

Sendvich-panellarni bir-biriga biriktirish maxsus qulflash tizimlari yordamida amalga oshiriladi. Eng funksional va qulay mahkamlash usuli «Z-lock» hisoblanib, u birikish joylarini maksimal germetikligini ta'minlaydi, chunki bunday qulf yelvizak o‘tadigan teshiklarga ega emas. Bundan tashqari, boshqa mahkamlagichlarga qaraganda, bu mahkamlagich katta chuqurlik va kenglikka ega, panellarning metall plitalari esa «Z» shaklidagi profilga ega, qulf nomlanishi ham aynan mana shundan olingan.

Sendvich-panellarning ichki qatlami

MAXPRODUCT kompaniyasi sendvich-panellarning ikki xil turdagi ichki qatlamlarini taklif etadi: bazalt hamda penopolistirol.

Yong‘in xavfsizligi haqida gap ketganda, eng maqbul variant bazalt bilan to‘ldirilgan sendvich-panellar hisoblanadi. Yonmaydigan material hisoblanadigan bazalt yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan binolar uchun juda mos keladi. Bunday turdagi binolarga tashqi tayanch konstruksiyasida olovga chidamliligi yuqori bo‘lishi shart hisoblangan, tez quriladigan binolar kiradi.

Penopolistirol bilan to‘ldirilgan sendvich-panellar bazalt uchun muqobil variant hisoblanib, binoni isitish uchun samarali material bo‘lib xizmat qiladi. Sendvich-panellarning ushbu turi yuvish shahobchalari, kioskalar, kichik do‘konlar, garajlar, maishiy va qo‘shimcha binolarni qurish uchun juda mos keladi. Bundan tashqari penopolistiroldan ishlangan sendvich-panellarning inkor etib bo‘lmaydigan afzalliklaridan yana biri – yengil vazni hamda hamyonbop narxi.

Sendvich-panellarning afzalliklari

Kompaniya faoliyatining asosiy formulasi – narx va sifat mutanosibligini yanada takomillashtirish munosabati bilan – ishlab chiqaruvchi taklif qilinayotgan mahsulot narxining yanada arzonlashganligini e'lon qildi, bu esa quruvchi tashkilotlarga sotib olinadigan materialning sifatiga shubha qilmasdan kompaniya bilan yanada foydali shartnomalar tuzishga imkon beradi. Bu shuni anglatadiki, hamyonbop narx ushbu qurilish materialini tanlashning asosiy afzalliklaridan biridir.

Bundan tashqari, sendvich-panellarning asosiy afzalliklariga – ekologik tozalik, tabiiy sharoitlarga chidamlilik, ovoz o‘tkazmaslik xususiyati, sovuqqa chidamlilik, issiqlik izolyatsiyasi, namlikka chidamlilik, olovga chidamlilik kabilar kiradi. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu qurilish materiallari to‘g‘ri ishlatilganda 50 yilgacha xizmat qilishi mumkin va boshqa materiallardan rekord darajada qisqa muddatda ishlab chiqarilishi va o‘rnatilishi bilan ham ajralib turadi. Masalan, g‘isht devorlardan tashkil topgan an'anaviy bino qurilishi 6-7 oyni tashkil etadi, sendvich-panellardan foydalanilganda esa ushbu obektni atigi 1 oy ichida qurish mumkin.

Agar uning qo‘llanilishi haqida so‘z ketsa, sendvich-panellardan turli xil loyihaviy institutlarni, farmatsevtika kompaniyalari, omborxonalar, sabzavot va mevalarni saqlash omborlari, avtosalonlar va boshqa ko‘plab obektlarni qurish mumkin.

MAXPRODUCT kompaniyasi har doim o‘zaro manfaatli hamkorlikka tayyor, shuning uchun u mijozlarga individual buyurtma asosida va loyihaning barcha xususiyatlarini inobatga olgan holda ishlab chiqariladigan yuqori sifatli xizmatlarni va mahsulotlarni taqdim etadi.

MAXPRODUCT'ni tanlab, siz sifatni ta'minlaysiz!

Ofis manzili: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mirzo Ulug‘bek hiyoboni, 25-uy.

Telefonlar: +99898 338 08 08, +99898 110 08 08

Elektron pochta: info@maxproduct.uz

Sayt: www.maxproduct.uz

Instagram: @Maxproductuz

Facebook: fb.com/Maxproductuz

Telegram: t.me/Maxproductuz

Reklama huquqi asosida

Top