Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda bugun hozircha 524 bemor kasallikdan tuzalgani va yana 502ta yangi holat qayd etilgani haqida ma'lumot berdi.
Bugun ayni paytga qadar respublikaning 5 hududida jami 524 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda shu vaqtgacha kasallikdan sog‘ayganlar soni 14204 nafarga yetdi.
Tuzalganlar (+524)
- Toshkent shahrida 291 nafar;
- Toshkent viloyatida 184 nafar;
- Andijon viloyatida 41 nafar;
- Xorazm viloyatida 4 nafar;
- Farg‘ona viloyatida ham 4 nafar.
31 iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 23 773 nafarni tashkil etmoqda. Bugun hozircha respublikaning 9 hududida jami 502 kishiga virusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgan.
Yangi holatlar (+502)
- Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) 111 holat.
Koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida:
- Toshkent shahrida 151 holat;
- Toshkent viloyatida 118 holat;
- Buxoro viloyatida 35 holat;
- Sirdaryo viloyatida 22 holat;
- Andijon viloyatida 19 holat;
- Qashqadaryo viloyatida 17 holat;
- Namangan viloyatida 15 holat;
- Navoiy viloyatida 10 holat;
- Qoraqalpog‘istonda 4 holat.
O‘lim holatlari (+3)
Bugun hozircha Toshkent shahrida yana 3ta o‘lim holati qayd etildi va jami holatlar soni 139taga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda 9 430 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.