07:27 / 31.07.2020
8099
Prezident raqobatni ta'minlash sohasi bo‘yicha yangi farmon imzolashi kutilyapti

Raqobatni ta'minlash va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosati tubdan takomillashtiriladi.

Prezidentning “Raqobatni ta'minlash va iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida davlat siyosatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni loyihasi e'lon qilindi.

Davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida quyidagilar belgilanadi:

a) raqobatni ta'minlash sohasida:

raqobatni rivojlantirish va himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishda iste'molchilar huquqlarining ustuvorligi;

teng shartlar va iqtisodiy faoliyat erkinligini hamda bozorlarning faoliyatida davlatning minimal aralashuvini ta'minlash;

raqobatga qarshi har qanday xatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish va raqobatni rivojlantirish va himoya qilish borasida davlat siyosati vositalarini qo‘llanishida raqobat betarafligi;

raqobatni rivojlantirish va himoya qilish bo‘yicha davlat siyosati natijalarini o‘lchay olishlik;

davlat organlarining o‘zlari mas'ul bo‘lgan tarmoqlarda raqobatni rivojlantirish uchun javobgarligi;

tabiiy monopoliya sohalarining iqtisodiy asoslangan holda raqobat bozoriga holatiga o‘tishi uchun to‘sqinlik qilishga yo‘l qo‘ymaslik;

b) iste'molchilarni himoya qilish sohasida:

xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, davlat organlari hamda banklar bilan munosabatlarda iste'molchilar huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq, qonun hujjatlarida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) sotib olish (beg‘araz olish) munosabati bilan yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar iste'molchilar foydasiga talqin etiladi;

oqilona iste'mol modelini targ‘ib qilish;

iste'molchilarning tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risida to‘liq ma'lumotlarga to‘sqinliksiz ega bo‘lishi;

shaxsiy ma'lumotlar va iste'molchilar haqidagi ma'lumotlarini himoya qilinishi;

to‘liq va ishonchli markirovkalangan sifati va xavfsizligi kafolatlangan mahsulotlarini ishlab chiqarishni rag‘batlantirish;

tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaruvchilarning ijtimoiy javobgarligini shakllantirish va ular tomonidan nohalol amaliyotlarga yo‘l qo‘ymaslik;

iste'molchilar madaniyatini oshirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish uchun sharoitlar va mavjud vositalarni yaratish, shu jumladan sudgacha bo‘lgan tartibda.

Top