20:12 / 31.07.2020
9776

Ukraina bosh prokuraturasi Minskda qo‘lga olinganlarning to‘qqiz nafariga ayblov e'lon qildi

Qayd etilishicha, Ukraina bosh prokurori ofisi Minskdan ularni vaqtincha hibsda saqlashni so‘ragan.

Foto: Ruptly

Ukraina bosh prokurori ofisi Minskda qo‘lga olingan shaxslarning to‘qqiz nafariga terrorchilik tashkilotida ishtirok etish moddasi bo‘yicha ayblov e'lon qildi.

"Bosh prokuror ofisi "Vagner XHK"dagi to‘qqiz nafar ukrainalikka nisbatan terrorchilik tashkilotida ishtirok etishda gumon qilib ayblov e'lon qildi", - deb xabar berdi "Obshchestvennoye" nashri o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, bosh prokuror ofisi Minskdan ularni vaqtincha hibsda saqlashni so‘ragan.

29 iyul kuni Belarusdagi BeLTA davlat agentligi Minsk tashqarisidagi sanatoriyada «Vagner» XHK jangchilari ekani gumonlangan 32 nafar rossiyalik qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Keyinroq bu ma'lumot Belarus respublika davlat xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) tomonidan tasdiqlandi. Mamlakat janubida ham yana bir rossiyalik qo‘lga olindi.

Mavzu
Belarus-2020
2020 yilning 9 avgustida Belarusda prezidentlik saylovlari o‘tkaziladi. 26 yildan buyon mamlakatni boshqarayotgan Lukashenko bu safar ham nomzodini qo‘ygan.
Barchasi
Mavzuga oid
Top