12:30 / 31.07.2020
9826
Urganchda koronavirusli bemorlar uchun maxsus davolash markazlari tashkil etilmoqda

Xorazm viloyati markazi Urganch shahrida koronavirus yuqtirib olgan bemorlarni davolash uchun maxsus markazlar tashkil etilmoqda.

Foto: Urganch shahar hokimligi matbuot xizmati

Jumladan, Olimpiya zaxiralari kollejining 4ta katta binosidagi sport zallari davolash maskaniga aylantirilyapti. Umumiy hisobda 708 nafar bemorga o‘rin tayyorlanib, ularning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan tibbiyot uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilmoqda.

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 30 iyul holatiga Xorazm viloyatida koronavirus yuqtirib olganlar soni 374ni, vafot etganlar soni 1ni, sog‘ayib ketganlar soni 312ni tashkil qiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top