13:44 / 01.08.2020
14882

AQSh sudi Joxar Tsarnayevga o‘lim hukmini bekor qildi

AQSh Federal apellyatsiya sudi Boston marafonida yuz bergan terrorchilik akti ishtirokchisi Joxar Tsarnayevga nisbatan chiqarilgan o‘lim jazosi hukmini bekor qildi.

Foto: Zuma/TASS

Bu uning umuman qatl etilmasligini anglatmaydi: sud mahkumga jazoni tayinlash maqsadida yangi mahkama o‘tkazish lozimligi haqida qaror chiqardi. Shunday qilib, prokuratura lozim topsa, Tsarnayevni yana o‘lim jazosiga mahkum qilishni so‘rashi mumkin.

Joxar Tsarnayev 2013 yilda Boston marafonidagi portlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni amalga oshirishda ishtirok etgan va 2015 yilda o‘lim jazosiga hukm qilingan edi.

Aka-uka Joxar va Tamerlan Tsarnayevlar 2013 yil 15 aprel kuni Boston marafonida terrorchilik aktini sodir etganlikda aybdor deb topilishgan edi. Terrorchilik akti natijasida 3 inson halok bo‘ldi, 260dan ortig‘i jarohat oldi. Joxar Tsarnayev keyinchalik qo‘lga olindi, uning akasi esa qo‘lga olinish chog‘ida o‘ldirildi.

Top