17:53 / 01.08.2020
7404
Berlinda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda

 Shahar markazidagi Unter-den-Linden ko‘chasida yetti mingga yaqin kishi to‘plangan.

Foto: Reuters

 Berlinda minglab namoyishchilar koronavirus sababli kiritilgan cheklovlarga qarshi norozilik bildirmoqda, deb xabar berdi Morgenpost nashri.

 Nashrning ma'lumot berishicha, shahar markazidagi Unter-den-Linden ko‘chasida yetti mingga yaqin kishi to‘plangan bo‘lib, ularning aksariyati niqob taqmagan.

 "Ko‘pchilik qoidalarga amal qilmayapti. Hamkasblarimiz ulardan qoidalarga rioya qilishni so‘ramoqda", - deb yozadi poytaxt politsiyasi tvitterda.

Xabar qilinishicha, namoyishchilar G‘alaba kolonnasi tomon harakatlanmoqda, u yerda miting o‘tkazish rejalashtirilgan. 

 Jons Hopkins universiteti ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 210 676taga yetgan, 9 154 kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top