20:58 / 01.08.2020
21946
Tramp 2019 yilda qancha pul ishlagani ma'lum qilindi

Trampning biznes-tuzilmalaridan olgan umumiy daromadi kamida 446 million dollarni tashkil etgan.

Amerika hukumati huzuridagi etika masalalari boshqarmasi AQSh prezidenti Donald Trampning 2019 yildagi daromadlari to‘g‘risidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Tramp Floridadagi Mar-a-Lagro kurortidan 21,4 million dollar ishlagan. 

Vashingtondagi mehmonxonasi Trampga 40,5 million dollar daromad keltirgan. U o‘tgan yili Trump National Doral Miami kurortidan 77,2 million dollar ishlagan bo‘lsa, golf-klubi 17,7 million dollar daromad olgan.

The Wall Street Journal nashrining baholashiga ko‘ra, Trampning biznes-tuzilmalaridan olgan umumiy daromadi kamida 446 million dollarni tashkil etgan.

Donald Tramp bir necha bor o‘z soliq deklaratsiyasini e'lon qilishdan bosh tortgandi. U bu qarorini audit olib borilayotganligi bilan izohlagan.

Top