16:24 / 02.08.2020
66337

Har qanday dezinfeksiya vositasi koronavirusni yo‘q qila olishi ma'lum qilindi

Har qanday dezinfeksiya vositasi koronavirusni o‘ldira oladi, deb ma'lum qildi «Rospotrebnadzor» rahbari Anna Popova. Bu haqda TASS xabar berdi.

«Istalgan dezinfektant belgilangan konsentratsiyada bu virusning yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Ya'ni biz yuzalarni nima bilan tozalasak ham, muhimi bu dezinfektant bo‘lsa bo‘ldi», – dedi Rossiyaning bosh davlat sanitariya vrachi.

Popovaning qo‘shimcha qilishicha, yuzalarda koronavirus 48 soatgacha o‘z faolligini saqlab qolishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov dezinfeksiya tadbirlari haqida so‘z yuritib, bu choralarning samaradorligiga shubha qilish mutlaqo o‘rinsiz ekanini ta'kidlagandi.

«Ochiq joylar, bozorlar, yo‘laklar dezinfeksiya qilinishidan maqsad – odamlar u yerga tuflagani, kasallik qo‘zg‘atuvchilarning tushgani yoki odamlarning qo‘li bilan ushlagani sababli infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikdir», – degandi Otabekov.

Mavzu
COVID-19: Foydali ma’lumotlar
COVID-19 profilaktikasi, simptomlari, davo choralari va mutaxassislar tavsiyalari
Barchasi
Top