01:12 / 02.08.2020
87437
Shifokor yo‘tal orqali koronavirus yuqtirganlarni qanday aniqlash mumkinligini aytdi

Shifokorning aytishicha, koronavirus bemorida yo‘tal yuzaki bo‘ladi.

Foto: Global Look Press

Moskvaning Kommunarka posyolkasidagi shifoxona shifokori Denis Protsenko koronavirus yuqtirgan bemorda yo‘tal qanday bo‘lishini aytdi. Bu haqda "Rossiyskaya gazeta" yozmoqda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus yo‘talida alohida intonatsiya mavjud.

"Yo‘tal chuqur emas, yuzaki bo‘ladi. Qo‘shimchasiga doimiy terlash hissi bo‘ladi", dedi shifokor.

Uning aytishicha, mana shu alomatlar bo‘yicha darhol tashxis qo‘yish mumkin.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11 mart kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalishini pandemiya deb e'lon qildi. So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda 17,9 milliondan ortiq kasallik yuqtirish holatlari aniqlangan, qariyb 689 ming kishi vafot etgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top