12:01 / 03.08.2020
4574

Bojxonachilar 144 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dorilarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Davlat bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahri Yashnobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga doir navbatdagi holat fosh qilindi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro I.D. boshqaruvidagi “Lada Vesta” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, xolislar ishtirokida va belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinaga xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi bironta ham hujjati bo‘lmagan 1200 dona “Minoxodil” nomli dori vositalari ortilgani ma'lum bo‘ldi.

Shu tariqa, soch o‘stirish uchun mo‘ljallangan mazkur dori vositalari 144 mln. so‘mga pullanayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top