22:43 / 03.08.2020
10634

Odamlarning 10 foizga yaqini koronavirusni boshdan o‘tkazgan – JSST

Odamlarning 10 foizga yaqini koronavirusni boshdan o‘tkazgan. Bu haqda JSST mutaxassisi Mariya van Kerkxove brifingda ma'lum qildi. 

Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda odamlarning koronavirusga bardoshliligi bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilmoqda va ko‘plab ma'ruzalar e'lon qilinmoqda. Bu tadqiqotlar JSST tomonidan sinchkovlik bilan o‘rganmoqda. 

“Aksariyat tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, 10 foizdan kamroq odamlar qandaydir vaqtda koronavirusga chalinganlar. Tibbiy xodimlar virusga ko‘proq darajada chalinish xavfiga ega, shu sababli ular orasida virusga chalinganlar ko‘p”, deb ta'kidlab o‘tgan van Kerkxove.

Mutaxassisning ma'lum qilishicha, koronavirusga chalinganlar orasida o‘lim darajasi rasmiy statistika bo‘yicha hisoblangandan ko‘ra kamroq bo‘lishi mumkin va 0,6 foizga yaqinni tashkil qiladi. Uning ta'kidlashicha, bunday koeffitsiyentni qayd qilinmagan kasallanish holatlari ham hisobga olinganda olish mumkin.    

“Ko‘plab mutaxassislar hozirda virusdan o‘lim koeffitsiyentini barcha kasallanganlar (jumladan, kasallikni alomatsiz o‘tkazganlar va shifokorlarga murojaat qilmaganlar) orasidagi o‘lim darajasini hisobga olib o‘rganmoqdalar”, deb qo‘shimcha qilgan mutaxassis. Uning ta'kidlashicha, bu holda koronavirusdan o‘lim darajasi 1 foizdan kamroqni, ba'zi tadqiqotlarda esa 0,6 foizni tashkil qilmoqda. 

Van Kerkxovening ta'kidlashicha, bu raqamlar bir qaraganda unchalik xavfli tuyulmaydi, biroq tez tarqaluvchi virus uchun aslida juda kattadir. “Shu sababli e'tiborni kasallanish holatlarining oldini olishga qaratish lozim. Bunda kasallangan kishi nafaqat o‘zini, balki boshqalarni ham himoyalashi lozim”, deb qo‘shimcha qilgan JSST vakili. 

Mavzuga oid
Top