16:24 / 03.08.2020
14268
O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 26 mingdan oshdi

Bugun O‘zbekistonda hozircha 513ta yangi kasallanish holati qayd etildi.

«2020 yil 3 avgust soat 16:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 26 066 nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

Respublikaning 10 hududida koronavirusdan zararlanish bilan bog‘liq yangi holatlar qayd etilgan.

  • Toshkent viloyatida 236 holat;
  • Toshkent shahrida 173 holat;
  • Samarqand viloyatida 26 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 16 holat;
  • Qoraqalpog‘istonda 13 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 12 holat;
  • Xorazm viloyatida 11 holat;
  • Sirdaryo viloyatida 10 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 9 holat;
  • Andijon viloyatida 7 holat.

Bugun shuningdek, hozircha 331 nafar kishi kasallikdan sog‘aygan va O‘zbekistonda shu vaqtgacha tuzalganlarning jami soni 16 ming 838 nafarga yetgan.

  • Toshkent shahrida 172 nafar;
  • Toshkent viloyatida 114 nafar;
  • Andijon viloyatida 22 nafar;
  • Navoiy viloyatida 14 nafar;
  • Farg‘ona viloyatida 9 nafar.

Bugun hozircha Toshkent shahri va Toshkent viloyatida jami 4ta o‘lim holati qayd etildi va O‘zbekistonda jami o‘limlar soni 157taga yetdi.

  • Covid-19 tasdiqlangach, Bekobod shahar yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan, Toshkent viloyati Bekobod shahrida yashagan 60 yoshli bemor G.S.da (ayol) vafot etdi;
  • Covid-19 tasdiqlangandan so‘ng bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan, Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashagan 67 yoshli bemor E.A. (erkak) vafot etdi.
  • 25 iyul kuni Covid-19 tasdiqlangan va nafas yetishmovchiligi belgilari kuchayganligi sababli Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasiga yotqizilgan, Mirzo Ulug‘bek tumanida yashagan 69 yoshli bemor N.Ye. (ayol) vafot etdi.
  • 25 iyul kuni Covid-19 infeksiyasi tasdiqlangan va bir necha kun davomida tana harorati ko‘tarilganligi, nafas yetishmovchiligi kuchayganligi sababli Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan, Olmazor tumanida yashagan 49 yoshli bemor D.S. (ayol) vafot etdi.

Hozirda mamlakatimizda 9 071 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top