12:23 / 03.08.2020
16035
«Temir xotin» va «Shaytanat» filmlari ssenariy muallifi Mahmud To‘ychiyev olamdan o‘tdi

Mahmud To‘ychiyev “Temir xotin”, “Shaytanat”, “Katta oyi”, “Ayollar saltanati” kabi filmlar ssenariy muallifi edi.

Ssenarist Mahmud To‘ychiyev olamdan o‘tdi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Mahmud To‘ychiyev 69 yoshida vafot etgan.

Mahmud To‘ychiyev 1951 yil 26 avgust kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1980 yil Butunrossiya davlat kinematografiya instituti VGIKning ssenariy bo‘limini tugatgan.

U o‘zbek kinosining atoqli rejissyori hamda “Temir xotin”, “Shaytanat”, “Katta oyi”, “Ayollar saltanati” kabi filmlar ssenariy muallifi edi.

“O‘zbekkino” milliy agentligi marhumning yaqinlariga ta'ziya bildirgan.

Top