00:37 / 03.08.2020
19782
«Uzbekistan Airways» 4 avgust kuni Istanbulga navbatdagi parvozni amalga oshirmoqda
Foto: KUN.UZ

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 4 avgust kuni Toshkent-Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha navbatdagi charter repatriatsion reys amalga oshirilishi haqida ma'lum qildi.

Xabar qilinishicha, «Toshkent–Istanbul» yo‘nalishida uchish soat 09:40da, qo‘nish mahalliy vaqt bilan soat 13:00ga belgilangan.

«Istanbul–Toshkent» yo‘nalishida esa uchish soat 14:30da, qo‘nish mahalliy vaqt bilan soat 21:00da amalga oshiriladi.

«Toshkent–Istanbul» yo‘nalishi uchun aviachiptalarni aviakompaniya filialining markaziy sotuv ofisidan («Uzbekistan Airways Sales») 3 avgust soat 9:30dan boshlab to‘g‘ridan to‘g‘ri navbatda turish orqali xarid qilish mumkin.

Yo‘lovchilarning shaxsan o‘zlari hujjatlarining asl nusxasi bilan kelishlari talab etiladi:

O‘zbekiston fuqarolari uchun – pasport va uchish uchun asos.

Xorij fuqarolari uchun – pasport.

«Istanbul–Toshkent» yo‘nalishiga chipta xarid qilish uchun O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi bosh konsulligiga murojaat qilish mumkin.

«Tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida aviachiptalar qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘z xizmatlarini taklif qiluvchi shubhali shaxslarga murojaat qilmaslik so‘raladi.

To‘langan mablag‘ Uzbekistan Airways filiali kassasida xarid qilingan chiptada aks etganini tekshirishni unutmang», – deyiladi aviakompaniya matbuot xizmati axborotida.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top