11:34 / 04.08.2020
5187
Birovning «Neksiya»sini sotib yuborgan ustaxona ishchisi qo‘lga olindi

Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 20 iyul kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro O‘zbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, u 13 iyul kuni “Neksiya” rusumli avtomashinasini ustaxonaga ko‘rsatish uchun berganligini, biroq, ustaxona ishchisi avtomashinani Chortoq tumanida yashovchi fuqaroga sotib yuborganligini ma'lum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

Hozirda holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Hurmatli fuqarolar, mol-mulkingiz xavfsizligiga e'tiborli bo‘ling. Notanish shaxslarga ishonib, firibgarlar tuzog‘iga ilinib qolmang”, - deyiladi ma'lumotda.

Top