19:08 / 04.08.2020
7361
Germaniya shifokorlar ittifoqi mamlakatda pandemiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanganini xabar qildi

Syuzanne Yonaning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka qarshi dori topilmagunicha gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilishda davom etish lozim.

Foto: Getty Images

Marburger Bund nemis shifokorlari ittifoqi rahbari Syuzanne Yona Germaniyada koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqini boshlandi deb hisoblamoqda. Bu haqda Augsburger Allgemeine nashri xabar berdi.

 "Biz sekin ko‘tarilayotgan ikkinchi to‘lqinda turibmiz", - dedi Yona.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallikka qarshi dori topilmagunicha gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilishda davom etish lozim.

"Hammamiz odatiy hayotga qaytishni orzu qilyapmiz. Ammo odatiy bo‘lmagan vaziyatda turibmiz", - dedi u.

 Avvalroq Saksoniya federal yeri bosh vaziri Mixael Kretchmer mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqini boshlangani, lekin Germaniyadagi siyosatchilar bu haqda ehtiyotkorlik bilan gapirayotganini aytgandi.

Robert Kox instituti ma'lumotlariga ko‘ra, Germaniyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 211 281ta holat qayd etilgan, 9 156 kishi vafot etgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top